11 May 2021 2151

Ular Tokioda yurt sharafini himoya qilishadi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz shaʼnini himoya qiladigan atletlarimizni Sizlarga yaqindan tanishtirish niyatida yangi loyiha boshladi. Endilikda har kuni Olimpiadada ishtirok etadigan litsenziatlarimiz haqida qiziqarli maʼlumotlarni eʼtiboringizga havola qilib boramiz. Bu borada birinchi qahramon sifatida o‘zbekistonlik sportchilar orasida Tokio-2020 Olimpiadasiga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritgan tennischimiz Denis Istominni tanlab olishni o‘rinli deb bildik.

Denis Olegovich Istomin 1986 yil 7 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahrida tavallud topgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Murabbiyi: Kladviya Istomina (onasi).

Shu paytgacha ishlab topgan puli: 6 million AQSH dolaridan ortiq.

Jahon tasnif jadvalidagi eng yuqori o‘rni: 33 (2012 yil, 13 avgust holatiga ko‘ra).

Katta dubulg‘a turnirlaridani eng yaxshi natijasi: 4-davra (yakkalik), yarim final (2013, juftlikda Avstraliya ochiq chempionati).

ATR tasnifidagi musobaqalarda qo‘lga kiritgan titullari: 2015 (Nottingem) va 2017 (Chendu).

Avvalgi Olimpiadalardagi ishtiroki: London-2012 (3-davra), Rio-2016 (1-davra).

2011 yil “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2018 yil Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozonib, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan.

Text to speech