Erkin kurashchilarimizdan to’rtta medal
Qirg‘iz Respublikasida sport kurashlari bo‘yicha 17 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Ayni paytga kelib, 17 yoshgacha bo‘lgan atletlar bahsi yakunlandi.
Ushbu yosh toifasida so‘nggi bo‘lib erkin kurashchilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Bobojon Ibodullayev (-45 kg), Abdumalik Jaloliddinov (-48 kg), Shohruhbek Sapoyev (-55 kg) va Eldorbek Hasanov (-110 kg) bronza medallariga ega chiqishdi.
Shu tariqa, U-17 yosh toifasidagi kurashchilarimiz musobaqani 2 ta oltin, 4 ta kumush va 9 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Reglamentga ko‘ra, bugun musobaqada dam olish kuni. Ertadan 23 yoshgacha bo‘lgan kurashchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.