FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Iyun 2023 2317

Shosse yoʻnalishidagi bahslar yakunlandi, navbat trek dasturiga

Tailandning Rayong shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha U-20, U-23 yosh toifalari va kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, ushbu natija bilan terma jamoamiz 27 davlat orasida uchinchi oʻrinni egalladi. Garchi yurtdoshlarimiz Parij-2024 Olimpiadasiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma beruvchi yoʻnalishlarda shohsupaga koʻtarila olmagan boʻlishsada, qimmatli reyting ochkolarini oʻz hisoblariga yozdirib qoʻyishdi. Musobaqada sportchilarimiz quyidagi yoʻnalishlarda shohsupaga koʻtarilishdi:

Oltin medal:
Olga Zabelinskaya (individual start poygasi, kattalar)
Yanina Kuskova (individual start poygasi, U-23)

Kumush medal:
Aralash jamoaviy poyga (kattalar)
Aralash jamoaviy poyga (U-23)
Asal Rizayeva (individual start poygasi, U-20)
Yanina Kuskova (guruh poygasi, U-23)

Bronza medal:
Aralash jamoaviy poyga (U-20)
Asal Rizayeva (guruh poygasi, U-20)
Begzod Rahimboyev (guruh poygasi, U-23)

Terma jamoamiz ayni paytda Tailanddan Malayziyaga yetib bordi. Sportchilarimiz endilikda 19-iyun kuniga qadar trek yoʻnalishida qitʼa birinchiligi uchun bahs olib borishadi.

Text to speech