FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Iyun 2023 3695

Nigina O‘ktamova 20 yoshda!

Bugun boks bo‘yicha o‘zbek qizlari ichida birinchi bo‘lib jahon chempioni bo‘lgan Nigina O‘ktamova o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Nigina O‘ktamova 2003 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 2021 yilning aprelida Polshada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, Nigina bir qator yosh toifalarida qitʼa birinchiligi, shuningdek, ko‘plab nufuzli xalqaro musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari qatoridan joy olgan. 2021 yil mamlakatimizda qizlar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyasida g‘alaba qozongan. Xalqaro maydondagi natijalari natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Nigina O‘ktamovani bugungi tug‘ilgan kun bilan muborakbod etib, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech