13 Iyun 2023 954

Xurshidbek Alimjonovdan navbatdagi g‘alaba

Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Emerald stables” ot sporti majmuasida konkur bo’yicha xalqaro musobaqa o’tkazildi. Unda qatnashgan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjonov qiziqarli dasturlardan birida g’alaba qozondi.

Hamyurtimiz “Speed&music” nomini olgan 130 sm balandlikdagi to’siqlardan sakrash dasturida eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga sazovor bo’ldi. Bellashuvlar davomida chavandozimizga “Champions ligas” laqabli tulpori hamrohlik qildi. Sportchimizning kelgusi faoliyatida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Text to speech