12 Iyun 2023 1041

O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanoqulovni tabriklaymiz!

Bugun mamlakatimizning nafaqat iqtisodiyot, balki sport sohasida ham rivojlanishida ulkan hissa qo‘shib kelayotgan davlat va jamoat arbobi Quvondiq Sanoqulov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Quvondiq Sanoqulovich Sanoqulov 1957-yil 12-iyun kuni tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini tugatgan yosh metallurg keyinchalik texnika fanlar doktori, O‘zbekiston Qahramoni darajasiga ko‘tarildi. Quvondiq Sanoqulovich Olmaliq va Navoiydagi kon-metallurgiya kombinatlarida rahbar, tuman hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. Hozirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning bosh direktori, Oliy Majlis Senatori sifatida ishlamoqda.

Shuningdek, Quvondiq Sanoqulov uzoq yillardan buyon O‘zbekiston suzish federatsiyasiga ham rahbarlik qilib kelmoqda. U kishining boshqaruvida bugungi kunga kelib suzish, suv polosi, sinxron suzish va suvga sakrash bo‘yicha terma jamoalarimiz har qanday nufuzli musobaqada o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ya oladigan terma jamoalardan biriga aylanib bormoqda. Bunday muvaffaqiyatlarning barchasida Quvondiq Sanoqulovichning xizmatlari beqiyos.

Q.Sanoqulov yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari, davlatimizning Oliy mukofoti "O‘zbekiston Qahramoni" faxriy unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Quvondiq Sanoqulovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech