FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Iyun 2023 2169

Rim Gran-prisida sakkiz yillik tarix yangilandi

Italiyaning Rim shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasi o‘z poyoniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va kumush medalini qo‘lga kiritdi.

-68 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Ulug‘bek Rashitov oltinga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasida kumush medal bilan taqdirlandi.

Terma jamoamizning qolgan aʼzolari bu gal shohsupaga ko‘tarila olmagan bo‘lsalar ham, Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni jamg‘arishdi.

Qayd etish joiz, ushbu Gran-prida O‘zbekiston terma jamoasi 8 yildan so‘ng ilk bor oltin medalga sazovor bo‘ldi. Hali hech bir Gran-prida 1 ta oltin va kumush medalini qo‘lga kiritmaganimizni inobatga olsak, Rimda tarixiy natija qayd etildi.

Text to speech