Tatyana Mamatqulova 60 yoshda!
Bugun O‘zbekiston Rowing & Canoe federatsiyasi raisining o‘rinbosari Tatyana Mamatqulova yubiley 60 yoshini qarshi olmoqda.
Tatyana Abdurahmonovna Mamatqulova 1963-yil 12-iyun kuni tug‘ilgan. 1994-2013, 2014-2018-yillar oralig‘ida O‘zbekiston Rowing & Canoe federatsiyasi bosh kotibi lavozimida faoliyat olib borgan. Ushbu davr mobaynida federatsiya boshqaruv sohasida bir qator yutuqlarga erishdi. 2015-yildan Osiyo kanoe konfederatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, 2018-yildan O‘zbekiston Rowing & Canoe federatsiyasi raisining o‘rinbosari sifatida samarali faoliyat olib bormoqda. Ko‘plab isteʼdodli shogirdlarni tarbiyalashdagi alohida xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tatyana Abdurahmonovnani bugungi ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.