10 Iyun 2023
987
Kamonchilarimiz Osiyo kubogida sovrindor bo‘lishdi
Singapurda kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. So‘nggi bosqichlarda sovrindorlar qatoridan joy olib kelayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bu gal ham shohsupaga ko‘tarilishdi.
Mikst dasturida kechgan bahslarda Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurlarimiz 1/8 finalda Vyetnam, chorak finalda Tailand jamoalarini 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Yarim finalda Xitoy termasiga 4:5 hisobida imkoniyatni boy berishgach, uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda hindistonlik merganlarni 5:1 hisobida dog‘da qodirishdi.