10 Iyun 2023 842

Osiyo chempionatining bugungi kuni velosportchilarimizning benefisiga aylandi

Tailandda oʻtayotgan veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar va ayollar oʻrtasida individual vaqt poygasi yoʻnalishida hamyurtlarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Har ikki yosh toifasida ham sportchilar 30 km masofada bellashishdi. Terma jamoamiz yetakchisi Olga Zabelinskaya ayollar bahsda raqibalaridan bir bosh ustunligini namoyish qilib, eng yaqin taʼqibchisi koreyalik atletni 2 daqiqadan ortiq vaqt bilan ortda qoldirdi. Shuningdek, 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar poygasida Yanina Kuskova oltin, Yevgeniya Golotina bronza medallariga sazovor boʻldi.

Text to speech