Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti Samarqandda oʻtgan Osiyo kubogiga tashrif buyurdi
Ayni kunlarda koʻhna Samarqand shahri triatlon boʻyicha Osiyo kubogi bahslariga mezbonlik qilmoqda. Bugun musobaqaning asosiy yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Reglamentga koʻra, kecha para sporchtilar 750 metrga suzish, 20 kmga velopoyga va 5 kmga yugurish dasturida ishtirok etishdi. Bugun professional atletlar Olimpiya yoʻnalishida 1500 metrga suzish, 40 kmga velopoyga va 10 kmga yugurish boʻyicha oʻzaro bahs olib bordilar. Eʼtiborligi bugungi dasturni tomosha qilish va musobaqada mehmonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish uchun Butunjahon triatlon ittifoqi prezidenti, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzosi Mirasol Kasado Samarqandga tashrif buyurdi. Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:
Umumiy klassifikatsiya, erkaklar:
1. Ayan Beysenbayev (Qozogʻiston)
2. Richard Varga (Slovakiya)
3. Aleksandr Kurishov (Oʻzbekiston)
Ayollar:
1. Ivana Kuraichkova (Slovakiya)
2. Tanya Stroshnayder (Avstriya)
3. Makarana Salazar (Chili)
Markaziy Osiyo mintaqasi, erkaklar:
1. Ayan Beysenbayev (Qozogʻiston)
2. Aleksandr Kurishov (Oʻzbekiston)
3. Darin Konisbayev (Qozogʻiston)
Ayollar:
1. Alina Hakimova (Oʻzbekiston)
2. Darya Bichkova (Qozogʻiston)
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi va sovrinlarni oʻz egalariga topshirdi. Ertaga turli yosh toifalarida sportchilarimiz mamlakat chempionligi uchun oʻzaro bahs olib borishadi.