9 Iyun 2023 775

Rashitov va Rafalovich yarim finalda

Bugun Rimda taekvondo WT bo’yicha Gran-Pri musobaqasi start olgani haqida xabar bergan edik. Birinchi kun doirasida bahs olib borayotgan Ulug’bek Rashitov (-68 kg) va Nikita Rafalovich (+80 kg) yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritib, kamida bronza medallarini naqd qilishdi. Birozdan so’ng hamyurtlarimiz final chiptasi uchun quyidagi raqiblariga qarshi bahs olib borishadi:

-68 kg: Ulug’bek Rashitov - Marko Goluboch (Xorvatiya)
+80 kg: Nikita Rafalovich - Ivan Sapina (Xorvatiya)

Text to speech