FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Iyun 2023 2023

Osiyo chempionatida uchinchi medal

Tailandda oʻtayotgan veloshosse boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Ahamiyatlisi, ushbu kun bahslari ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.

Yoshlar oʻrtasida individual vaqt poygasi dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Asal Rizayeva ikkinchi natijani qayd etib, kumush medalga sazovor boʻldi. 15 kmga kechgan poygada Rizayevadan 4 soniya yaxshiroq natija qayd etgan vyetnamlik Ti Be Nguyen oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Xitoy Taipeyi vakilasi Cheuk Tam shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Eslatib oʻtamiz, bu terma jamoamizning musobaqadagi uchinchi medali. Birinchi kun doirasida oʻtgan estafeta yoʻnalishida terma jamoamiz kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan edi.

Text to speech