8 Iyun 2023 955

Kamondan otish bo’yicha Jahon kubogidan yangiliklar

Singapurda kamondan otish boʻyicha Jahon kubogi bosqichi davom etmoqda. Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Ayni paytga kelib, yakkalik bellashuvlarida medallar uchun kurashadigan sportchilarning yakuniy holati shakllandi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan hamyurtlarimizdan Amirxon Sodiqov 1/8 final, Mirjalol Qarorov esa 1/64 final, qizlarimizdan Nilufar Hamroyeva hamda Kamola Yunusova 1/32, Ziyodaxon Abdusattorova esa 1/16 final bosqichigacha yetib borishdi. Endi yurtdoshlarimiz jamoaviy yoʻnalishdagi ishtiroklarini davom ettirishadi.

Ayollar, 1/8 final: Oʻzbekiston – Indoneziya

Mikst, 1/8 final: Oʻzbekiston – Vetnam

Text to speech