7 Iyun 2023 996

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida dastlabki medallarni qoʻlga kiritishdi

Tailandda velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha qitʼa birinchiligi boshlangani haqida maʼlum qilgan edik. Hamyurtlarimiz ilk kunning oʻzidayoq shohsupaga koʻtarilishdi.

Bugungi dasturdan oʻrin olgan aralash jamoaviy estafeta bahslarida sportchilarimiz kumush va bronza medallarni qoʻlga kiritishdi. 30 km masofaga kechgan kattalar oʻrtasidagi poygada Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Yevgeniya Golotina, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Begzod Rahimboyevdan iborat jamoamiz kumush, Asal Rizayeva, Sevinch Yoʻldosheva, Mohinabonu Elmurodova, Farruh Bobosherov, Diyor Tohirov hamda Kamoliddin Bahriddinovdan iborat yoshlar jamoamiz esa bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Aralash jamoaviy estafeta, kattalar:
1. Qozogʻiston
2. Oʻzbekiston
3. Xitoy

Yoshlar:
1. Qozogʻiston
2. Tailand
3. Oʻzbekiston

Text to speech