7 Iyun 2023 1094

Tailandda litsenzion Osiyo chempionati start oldi

Tailandning Rayong shahrida veloshosse boʻyicha litsenzion Osiyo chempionati boshlandi. U-18, U-23 va kattalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Qayd etish joiz, chempionat dasturidan oʻrin olgan erkaklar va yollar oʻrtasidagi guruh poygasi yoʻnalishi litsenzion harakterga ega boʻlib, unda 1-2-oʻrinni egallagan sportchilar Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishadi. Musobaqa 13-iyunga qadar davom etadi. Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashmoqda:

Erkaklar: Murodjon Xolmurodov, Aleksey Fomovskiy, Daniil Yevdokimov, Akrom Sunnatov, Damir Zabirov.

U-23: Davir Abdurahmonov, Begzod Rahimboyev, Dmitriy Bocharov, Edem Eminov.

U-18: Kamoliddin Bahridinov, Farruh Bobosherov, Nikita Svetkov, Diyor Tohirov.

Ayollar: Olga Zabelinskaya, Margarita Misyurina, Yekaterina Knebeleva, Yevgeniya Golotina, Nafosat Koziyeva.

U-23: Shahnoza Abdullayeva, Madina Qahhorova, Yanina Kuskova, Sofiya Karimova.

U-18: Mohinabonu Elmurodova, Sevinch Yoʻldosheva, Asal Rizayeva, Kseniya Li.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi boʻlajak musobaqada hamyurtlarimizga omad tilaydi.

Text to speech