3 Iyun 2023 788

May oyida terma jamoalarimizning Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablagʻlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2023-yil may oyida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan 22 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablagʻlardan mahalliy hamda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun 23 372 049 417.2 soʻm miqdorida moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar Gʻaznachilikning tegishli tizimi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirilmoqda.

May oyi

Text to speech