RSTIAM Turkiyadagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
29-may – 2-iyun kunlari MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiyaning Istanbul shahrida xizmat safarida boʻldi. Safar davomida Markaz ishini yanada rivojlantirish, Turkiyaning rivojlangan tibbiyot muassasalari faoliyatini oʻrganish, shuningdek, ular bilan manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.
Ishchi guruh “Acıbadem Sports”, “Romatem”, “Doctor Club”, “Turan & Turan”, “Liv Hospital” sport muassasalari, shuningdek, Istanbul universitetining tibbiyot fakulteti faoliyatini yaqindan oʻrgandi. Muassasa rahbarlari bilan sohada tajriba almashish, davolash, ilmiy-metodik jihatdan tashkilotlar oʻrtasida yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.
Safar davomida “Doctor Club” va “Turan & Turan” tibbiyot birlashmalari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha memorandum imzolanib, kelgusida tashkilotlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlash boʻyicha kelishib olindi.