FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Iyun 2023 3082

Osiyo chempionatining bugungi kuni yengil atletikachilarimiz uchun ataldi

Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun gʻoyat omadli oʻtdi. Bugungi bellashuvlarda hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Atletlarimiz orasida Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash, 1.84 m) Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash, 13.07 m), Dilshoda Usmonova (stipl-chez, 10:22.402), Oʻgʻiloy Norboyeva (koʻpkurash, 5130 ochko) oʻz yoʻnalishlarida oltin medallarga sazovor boʻlishdi. Shuningdek, oʻn kurashchilarimiz Nodir Norboyev (6956 ochko) hamda Samandar Mahmudov (6840) mos ravishda kumush va bronza medallarini jamgʻarishdi.

Ushbu kun dasturidan soʻng terma jamoamiz jamgʻargan medallar soni 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini tashkil etmoqda. Bu bilan delegatsiyamiz umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindiston termalaridan soʻng toʻrtinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

Text to speech