FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Iyun 2023 2140

Sinxron suzuvchilarimiz Ispaniyadagi Jahon kubogining super finalida qatnashishdi

Ispaniyaning Ovyedo shahrida sinxron suzish boʻyicha Jahon kubogining super finali oʻtkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishdi. Diana Onkes, Ziyodaxon Toshxoʻjayeva hamda Anna Vashenkolardan iborat terma jamoamiz aʼzolari ikki dastur boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi.

Dastlabki kun hamyurtlarimiz texnik duet mashqida chiqish qilishdi va ularning bajargan mashqlari hakamlar tomonidan 194.4066 ballga loyiq topildi. Ikkinchi kunda esa qizlarimiz erkin dastur boʻyicha bahslarda qatnashdilar. Qizlarimiz bu yoʻnalishda 152.2250 ball jamgʻarishdi.

Shu tariqa, sinxron suzish boʻyicha jahon kubogining super finali yakuniga yetdi. Qiziqarli bahslar yakunida hamyurtlarimiz ikkala dastur boʻyicha ham 8-natijani qayd etishdi.

Text to speech