5 Iyun 2023 879

Taekvondochilarimiz Ozarbayjondan Rimga yoʻl olishdi

Jahon chempionatini muvaffaqiyatli yakunlagan taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Boku shahridan Rimga yoʻl oldi. Hamyurtlarimiz Italiya poytaxtida 9-11-iyun kunlari oʻtkaziladigan Gran-pri musobaqasida ishtirok etishadi.

Reglamentga koʻra, Gran-pri tasnifidagi musobaqalarda jahon reytingida kuchli 32 talikdan joy olgan sportchilargina ishtirok eta oladi. Shu bois, musobaqada yuqori reytingda turgan 7 nafar sportchimiz qatnashadi. Gran-pri musobaqasi G-6 tasnifidagi turnir boʻlib, unda har bir vazn toifasida gʻolib boʻlgan taekvondochilar Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun 60 reyting ochkosiga ega boʻlishadi. Terma jamoamiz Rimda quyidagi tarkibda qatnashadi:

-68 kg: Ulugʻbek Rashitov va Niyaz Pulatov
-80 kg: Shuhrat Salayev va Jasur Jaysunov
+80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Feruza Sodiqova
+67 kg: Svetlana Osipova

Text to speech