Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida birinchi boʻlishdi
Filippinning Manila shahrida badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 10 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza, jami 18 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Terma jamoamiz tarkibida Taxmina Ikromova 5 yoʻnalishda gʻalaba qozonib, shohsupaga koʻtarilgan sportchilar orasida eng yaxshi multimedalchi boʻldi. Musobaqada terma jamoamiz vakillari quyidagi yoʻnalishlarda medallarga sazovor boʻldi:
Oltin medal:
Jamoaviy yoʻnalishda kattalar terma jamoamiz
Koʻpkurash, kattalar: Taxmina Ikromova
Halqa, kattalar: Taxmina Ikromova
Toʻp, kattalar: Taxmina Ikromova
Bulava, kattalar: Taxmina Ikromova
Jamoaviy yoʻnalishda yoshlar terma jamoamiz
Guruh mashqining koʻpkurash yoʻnalishida yoshlar terma jamoamiz
Halqa, yoshlar: Anastasiya Saranseva
Bulava, yoshlar: Lola Joʻrayeva
Tasma, yoshlar: Mishel Nesterova
Kumush medal:
Guruh mashqining koʻpkurash yoʻnalishida kattalar terma jamoamiz
Toʻp, kattalar: Evelina Atalyans
Bulava, kattalar: Yosmina Rahimova
Guruh mashqining 3 tasma va 2 ta toʻp mashqida kattalar terma jamoamiz
Toʻp, yoshlar: Natalya Usova
Guruh mashqining 5 argʻamchi dasturida yoshlar terma jamoamiz
Guruh mashqining 5 toʻp dasturida yoshlar terma jamoamiz
Bronza medali:
Tasma, kattalar: Yosmina Rahimova
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu natija bilan Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni tabriklab, hamyurtlarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad tilaydi.