5 Iyun 2023
1076
Timur Kapadze iyun oyidagi yig‘in uchun kengaytirilgan tarkibni eʼlon qildi
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi 6-iyun kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoamiz 11-iyun kuni Fargʻonada Qirgʻiz Respublikasi U-23 termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 16-19-iyun kunlariga belgilangan yigʻinning ikkinchi qismida esa safarda Xitoyga qarshi oʻyin oʻtkaziladi.
Bosh murabbiy Timur Kapadze mazkur yigʻinlarga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Unga MOQ qoshida tashkil etilgan "Olimpik" klubining 10 nafar futbolchisi jalb etilgan. Qayd etish joiz, yigʻinning ikkinchi qismi oldidan yakuniy roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.