4 Iyun 2023 1160

Osiyo chempionatini ikkita kumush medal bilan boshladik

Bugun Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida yengil atletika boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlandi. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ilk kunning oʻzida 2 ta kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Dunyozod Sayfulalev disk uloqtirish, Malika Nasriddinova yadro uloqtirish yoʻnalishlarida shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy olishdi. Sayfullayev oʻz chiqishi davomida 55.58 metr natija qayd etgan boʻlsa, Nasriddinova 15.76 metr bilan musobaqani yakunladi.

Disk uloqtirish, yigitlar:
1. Bxartprit Sinx (Hindiston) – 55.66
2. Dunyozod Sayfullayev (Oʻzbekiston) – 55.58
3. Muhammadrizo Sisaxt (Eron) – 55.44

Yadro uloqtirish, qizlar:
1. Lin Jiatsin (Xitoy) – 15.91
2. Malika Nasriddinova (Oʻzbekiston) – 15.76
3. Gao Yirui (Xitoy) – 15.30

Text to speech