FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Iyun 2023 2314

“Maxsima Masters Eurasia Cup” turnirida yana bir gʻalaba

Rossiyada oʻtayotgan ot sporti boʻyicha xalqaro musobaqalardan xushxabar davom etadi. Hamyurtimiz Xurshidbek Alimjonov “Maxsima Masters Eurasia Cup” musobaqasining navbatdagi yettinchi yoʻnalishida ham oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Yurtdoshimiz bu gal balandligi 130 smni tashkil etgan toʻsiqlardan sakrash boʻyicha “Speed Music Derby” dasturida eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu safar ham chavandozimizga “Chempions Ligas” laqabli tulpori hamrohlik qildi. Undan keyingi oʻrinlarni moskvalik Natalya Simoniya hamda Sankt-Peterburg vakili Anastasiya Barxotova egalladi.

Shuningdek, Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan ot yoʻrttirish boʻyicha “Maxsima Masters Eurasia Cup” turnirining Saralash sovrini uchun bolalar oʻrtasida kechgan dasturida hamyurtimiz Uma Sofiya Butovchenko birinchi oʻrinni egalladi. Yosh sportchimiz turnirda “Dont Drim” laqabli otida ishtirok etdi.

Text to speech