2 Iyun 2023 753

Badiiy gimnastikachilarimizdan to‘rtta medal

Filippin mezbonlik qilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi. Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz gʻaznasi 2 tadan oltin va kumush medallari bilan boyidi.

Mahoratli sportchimiz Taxmina Ikromova ayni paytda kattalar toifasida qitʼamizda tengsiz ekanini isbotladi. Hamyurtimiz koʻpkurash dasturida eng yuqori ball bilan Osiyo chempionligini rasmiylashtirdi. Yoshlar toifasida halqadagi mashqda Anastasiya Saransova ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Qolgan ikki kumush medal yoshlar toifasida qoʻlga kiritildi. Toʻp bilan mashqda Natalya Usova, shuningdek, 5 argʻamchi bilan guruh mashqida oʻz dasturini namoyish etgan qizlarimiz ikkinchi pogʻonani egallashdi.

Text to speech