FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2 Iyun 2023 1197

Xurshidbek Alimjonov yana bir gʻalabani tantana qildi

Moskva shahridagi “Horseka Sport” ot sporti klubida oʻtayotgan “Maxima Masters Eurasia” turniridan xushxabar. Ortda qolgan 140 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturi hamyurtimizning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Derbi yoʻnalishini olgan ushbu dasturda yurtdoshimiz Xurshidbek Alimjonov eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Bellashuvlar davomida unga “Chempions Ligas” laqabli tulpor hamrohlik qildi. Qolaversa, mazkur dasturda ishtirok etgan terma jamoamizning boshqa bir vakillari Umid Kamilov (“Kalleko” laqabli otda) toʻrtinchi, Bekzod Qurbonov (“Matss”) beshinchi natijani qayd etishdi.

Maʼlum qilganimizdek, bir vaqtning oʻzida Sverdlovsk viloyatida ot yoʻrttirish boʻyicha tashkil etilayotgan xalqaro musobaqada ham hamyurtlarimiz qatnashishmoqda. Chavandozlarimiz Timur Panayev hamda Alyona Derevyanko jamoaviy dasturda kechgan “Kichik sovrin” yoʻnalishida kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Text to speech