Magomed Ibragimovni tabriklaymiz!
Bugun erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Olimpiada sovrindori Magomed Ibragimov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Magomed Ibragimov 1985-yilning 2-iyun kuni dunyoga kelgan. Erkin kurashchimiz Rio-2016 Olimpiadasida -97 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻlgan. U 2018-yili Indoneziyaning Jakarta shahrida oʻtkazilgan XVIII Osiyo oʻyinlarida ham bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2017-yili Nyu-Dehli, 2018-yilda esa Bishkek shahrida oʻtgan Osiyo chempionatlarida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan. Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi. Ushbu natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.