31 May 2023 1239

Dzyudochilarimiz katta tarkibda Dushanbega yoʻl olishdi

2-4-iyun kunlari Tojikiston poytaxti dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Bugun tongda ushbu musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Dushanbe shahriga koʻl oldi. Jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiladigan ushbu musobaqada 41 mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi qatnashadi. Oʻzbekiston terma jamoasi qoʻshni mamlakatga quyidagi tarkibda yoʻl oldi:

Erkaklar:
-60 kg: Doston Roʻziyev, Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev, Bobur Vadjiyev
-73 kg: Shahram Ahadov, Javohir Saparov
-81 kg: Hikmatulloh Toʻrayev, Muso Sobirov
-90 kg: Zufarbek Oʻrolov, Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Otabek Toʻraboyev, Muhammadqodir Mansurov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov, Oʻtkirbek Toʻraboyev

Ayollar:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva
-52 kg: Sita Kadambayeva, Gulhayo Joʻrayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova, Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Farangiz Hojiyeva, Sevinch Isoqova
-70 kg: Nodira Yoʻldosheva, Shoxista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva, Farangiz Xolmurodova
+78 kg: Saneayim Erkinbayeva, Rinata Ilmatova

Text to speech