FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 May 2023 1923

Xalqaro etnosport festivaliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik muhokama qilindi

Joriy yilning sentyabr oyida Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida ushbu musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Uni MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov olib bordi. Shuningdek, yig‘ilishda etnosport turlari bo‘yicha federatsiyalar mutasaddilari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi «Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-259-son qaroriga asosan tashkil etiladigan ushbu tadbir ishtirokchi davlatlar qatori ko‘plab xalqaro tashkilotlar e’tiborida bo‘ladi. Shu bois unga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish, mehmonlar uchun barcha sharoitlarni yaratish muhimligi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilishda federatsiyalar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech