30 May 2023 743

Dmitriy Shokinni tabriklaymiz!

Bugun taekvondo WT boʻyicha oʻzbekistonlik birinchi jahon chempioni Dmitriy Shokin tugʻilgan kunini nishonlamoqda.

Dmitriy Aleksandrovich Shokin 1992-yil 30-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Qahramonimiz taekvondo WT boʻyicha mustaqil Oʻzbekiston tarixida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan (2015-yil) ilk sportchimiz hisoblanadi. Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Shokin faoliyati davomida ikki bor Osiyo oʻyinlarining kumush medali qatorida koʻp karra qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan. Ushbu muvaffaqiyatlari evaziga “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Dmitriy Shokinni bugungi tugʻilgan kuni bilan tabriklaydi va unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech