29 May 2023 875

Chavandozlarimiz Moskvadagi nufuzli turnirda sovrindorlar qatoridan joy olishdi

Moskva shahrida konkur boʻyicha “Bit River” turniri oʻz nihoyasiga yetdi. 26-28-may kunlari uchinchi bor oʻtkazilgan musobaqada hamyurtlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

“Jump&Drive” dasturini oʻz ichiga olgan 11-yoʻnalish sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bellashuvlarda Xurshidbek Alimjonov bilan tandem hosil qilgan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev 120 sm toʻsiqlardan oʻtish bahslarida eng yaxshi natijani qayd etishdi.

145 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishida esa Aʼzam Tolibboyev ikkinchi oʻringa sazovor boʻldi. “Bazart De Ruet” laqabli tulporda harakat qilgan yurtdoshimiz faqatgina rossiyalik Vasilisa Yerostovoydan orta qoldi.

Text to speech