27 May 2023
1150
Moskvada konkur boʻyicha “BitRiver” anʼanaviy xalqaro turniri start oldi
28-mayga qadar davom etadigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Musobaqaning birinchi yoʻnalishidayoq hamyurtlarimiz muvaffaqiyat qozonishdi. Turnirda sportchi sifatida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev “Ledi” laqabli tulporda eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalga sazovor boʻldi. Uchinchi yoʻnalishda “Kalleko” tulpori bilan harakat qilgan Umid Kamilov toʻrtinchi, “Chempions Ligas”da oʻz omadini sinab koʻrgan Xurshidbek Alimjonov beshinchi pogʻonadan joy oldi.