25 May 2023 1266

Aida Hasanovaning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz

23-may kuni Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Hasanova bevaqt hayotdan koʻz yumdi.

Aida Hasanova 1983-yil 4-avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Qilichbozlikning 3 yoʻnalishi boʻyicha xalqaro toifadagi hakam darajasiga yetgan oʻzbekistonlik birinchi mutaxassis hisoblanadi. Sportchilik faoliyatida xalqaro toifadagi sport ustasi darajasiga ega boʻlgan. 2001-2006 mamlakat chempionati va xalqaro turnirlar, Markaziy Osiyo birinchiligi, xususan, 2005-yil Angliyada oʻtgan nufuzli turnirda gʻalaba qozongan. Hakamlik yoʻnalishida ham qisqa fursat ichida oʻzining odilona qaror qabul qilishi, shaffoflik va halollik prinsiplariga rioya etishi bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi mutasaddilarining eʼtiboriga tushdi. Soʻnggi Jahon kubogi va Gran-pri musobaqalari, turli yosh toifalaridagi jahon chempionatlarida muntazam ravishda hal qiluvchi janglarni boshqarib borgan. A.Hasanova ushbu sport turida Olimpiya oʻyinlarida ishlagan oʻzbekistonlik birinchi hakam hisoblanadi.

Oʻzbekiston MOQ Aida Hasanovaning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va oila-aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Text to speech