FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 May 2023 1300

Taekvondochilarimiz jahon chempionatiga yo‘l olishdi

29 may – 4 iyun kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahri taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda sportchilar jahon chempionligi qatori Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Bugun tunda hamyurtlarimiz Bokuga yo‘l olishdi.

Terma jamoamiz murabbiylar shtabi dunyo birinchiligi uchun 16 nafar sportchini tanlab oldi. Tarkibda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov, o‘tgan jahon chempionatining qahramonlari Svetlana Osipova, Feruza Sodiqova, Nikita Rafalovich kabi nomlar bor. To‘liq tarkib bilan tanishing:

Erkaklar:
-54 kg: Omonjon Otajonov
-58 kg: Amir To‘rayev
-63 kg: Behruzbek Isayev
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
+87 kg: Marat Mavlonov

Ayollar:
-46 kg: Zuhra Tojimatova
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-53 kg: Sitora Ergasheva
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-73 kg: Saodatbegim Aliyeva
+73 kg: Svetlana Osipova

Text to speech