FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 May 2023 2087

Yosh beshkurashchilarimiz Minskdagi yigʻinda katta tajriba toʻplashmoqda

Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Minskda oʻtayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻini reja boʻyicha davom etmoqda. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik bosqichi vazifasini oʻtab berayotgan ushbu yigʻinning ortda qolgan haftasida turli yoʻnalishlar boʻyicha nazorat musobaqalari oʻtkazildi.

Belarus yoshlar jamoasi bilan qilichbozlik boʻyicha oʻtgan mashgʻulotda hamyurtlarimiz Sadriddin Qobiljonov va Samira Abzalova eng yaxshi natijani qayd etishdi. Shuningdek, mazkur yoʻnalishda Asliddin Baxtiyorov hamda Kira Soyning natijalari ancha oʻsganini alohida taʼkidlash oʻrinli. Sportchilar konkur bahslarida balandligi 80 smni tashkil etgan 12 ta toʻsiqlardan sakrash boʻyicha ham kuch sinashishdi.

Yosh atletlarimiz Belarus termasining asosiy jamoasi bilan mashgʻulot olib borishmoqda. Jahon chempioni Olga Silkina, Jahon kubogining bir nechta bosqichi gʻolibi Ilya Polozkov, yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni Ivan Xamsov kabi nomdor sportchilardan iborat ushbu jamoa vakillari bilan oʻtgan mashgʻulotlar orqali yosh atletlarimiz katta tajriba toʻplashdi. Hamyurtlarimiz sparring bahslarida kuchli raqiblariga munosib qarshilik koʻrsatishdi.

Text to speech