7 May 2021 2367

Yosh merganlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda

Shu kunlarda o‘q otish sporti bo‘yicha yoshlar o‘rtasida mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Respublikamizning 8 viloyatidan 110 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.

Bahslar pnevmatik va kichik kalibrli qurollardan o‘q otish bo‘yicha olib o‘tkazilmoda. Reglamentga ko‘ra, bahslar 12 xil mashq bo‘yicha olib boriladi. Bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda musobaqa tomoshabinlarsiz, barcha sanitar-gigiyenik qoidalarga rioya qilgan holda olib borilmoqda.

Hozirda musobaqaning saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat birinchiligi 12 mayga qadar davom etadi.

Text to speech