20 May 2023 1118

Slalomchilarimiz Osiyo chempionatini oltin va bronza medallari bilan boshlashdi

Bugun Tailandda slalomda eshkak eshish bo‘yicha 18 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Doniyor Islomov 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar bahsida yakkalik kanoe yo‘nalishida eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalga ega chiqdi. Shuningdek, MKX3 dasturida qatnashgan triomiz (Shahobiddin Boltaboyev, Samandar Saydullayev, Doniyor Islomov) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Text to speech