FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 May 2023 2005

Shanxayda kuchlilar saralanmoqda

Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Shanxay shahrida (Xitoy) oʻtayotgan Jahon kubogining ikkinchi bosqichida ishtirok etayotgani haqida xabar qilgan edik. Ayni paytga kelib, bir qator dasturlarda medallar uchun kurash olib borayotgan sportchilar nomi maʼlum boʻlib ulgurdi.

Afsuski, yigitlarimiz shohsupa sari yoʻldan erta chiqib ketishdi. Ular jamoaviy dasturda ham ilk bosqichda Turkiyaga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Qizlarimiz dastlab Malayziyani 6:2 hisobida dogʻda qoldirishgach, ikkinchi bosqichda Xitoy Taipeyiga 1:5 hisobida magʻlub boʻlishdi. Ertaga mikst va ayollar oʻrtasidagi yakkalik dasturida bahslar boʻlib oʻtadi.

Mikst:
1/16 final: Oʻzbekiston – Malayziya

Yakkalik, ayollar. 1/64 final:
Ziyodaxon Abdusattorova – Mishele Kroppen (Germaniya) 
Nilufar Hamroyeva – Ligan Xai (Xitoy) 
Zebiniso Abdusattorova – Chia-Mao Pen (Xitoy Taipeyi)

Text to speech