FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 May 2023 2480

Ikki nafar yengil atletikachimiz Keniyada yigʻin boshladi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar aʼzosi Shohruh Davlatov hamda Yevgeniy Fadeyev Keniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Mashgʻulotlar Iten shahrida boʻlib oʻtmoqda.

Yaxshi maʼlumki, keniyalik yuguruvchilar uzoq masofalarga oʻtkaziladigan poygalarda dunyodagi eng kuchlilardan sanalishadi. Ushbu shahardan oʻnlab jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqqan. Shahar dengiz sathidan 2350-2400 metr balandlikda joylashgan boʻlib, sportchilar uchun kerakli sharoitlar mavjud.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Davlatov bir oʻzi ushbu shahardagi yigʻinda qatnashgan va bu Toshkent V Xalqaro marafoni hamda boshqa turnirlarda oʻz samarasini koʻrsatgan edi. Joriy yigʻin 18-avgustga qadar davom etishi koʻzda tutilgan boʻlib, atletlarimiz uchun Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik yoʻlidagi muhim bosqich vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech