17 May 2023 2075

Futbol boʻyicha Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi musobaqa sanasi maʼlum

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2024-yil Qatarda boʻlib oʻtadigan U-23 Osiyo kubogining sanalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, musobaqa 2024-yilning 15-aprel – 3-may kunlari boʻlib oʻtadi.

Dastavval, turnir 2024-yilning yanvar oyida oʻtishi moʻljallangan edi. Biroq ushbu muddatda kattalar oʻrtasidagi Osiyo kubogining aynan Qatarda tashkil etilishi sabab kichik yoshdagi futbolchilarning qitʼa birinchiligi keyinroqqa qoldirildi. Saralash bosqichiga qurʼa tashlash marosimi 25-may kuni Kuala-Lumpurdagi OFK qarargohida oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqa Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari uchun litsenzion turnir vazifasini oʻtab beradi. Unda dastlabki 3 oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar toʻgʻridan toʻgʻri Olimpiada yoʻllanmasiga ega boʻlsa, toʻrtinchi oʻrin egasi qitʼalararo pley-off bosqichi orqali kurashni davom ettiradi.

Text to speech