FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 May 2023 2539

Velosportchilarimiz “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” musobaqasida 11 ta medal qoʻlga kiritishdi

Poytaxtimiz va Toshkent viloyati trassalarida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” koʻpkunlik poygalari yakunlandi. Xalqaro velosportchilar ittifoqining (UCI) taqvim rejasidan oʻrin olgan ushbu turnirda 14 mamlakatdan 120 nafar sportchi Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishdi.

Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza, jami 11 ta medalga sazovor boʻlishdi. Turnirda shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz:

Oltin medal:
Yanina Kuskova (2 ta)
Olga Zabelinskaya
Margarita Misyurina
Ulugʻbek Saidov

Kumush medal:
Olga Zabelinskaya (2 ta)
Yanina Kuskova

Bronza medal:
Margarita Misyurina
Begzod Rahimboyev
Aleksey Fomovskiy

Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, ushbu musobaqa orqali mamlakat erkaklar terma jamoasi 151, ayollar jamoasi esa 402 reyting ochkosini jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Bu orqali jahon reytingida ayollar jamoamiz 23-oʻrindan 19-pogʻonaga, yigitlarimiz esa 52-oʻrindan 45-pogʻonaga koʻtarildi.

Text to speech