16 May 2023 969

Badiiy gimnastika boʻyicha mamlakat chempionatida gʻoliblar aniqlandi

Navoiyda badiiy gimnastika boʻyicha kattalar oʻrtasida mamlakat chempionati oʻtkazildi. Musobaqada Respublikamizning 12 hududidan 127 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Kutilganidek, yakkalik dasturining koʻpkurash yoʻnalishida Taxmina Ikromova katta farq bilan gʻalaba qozonib, ayni paytda yurtimizning eng yaxshi badiiy gimnastikachisi ekanini koʻrsatdi. Shuningdek, guruh mashqlarida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham alohida ishtirok etib, oltin medalga sazovor boʻlishdi. Qayd etish joiz, may oyining oxirida Filippinda Osiyo chempionati kutib turgani bois Ikromova hamda guruh mashqidagi qizlar boshqa dasturlarda ishtirok etishmadi. Terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu musobaqa orqali qitʼa birinchiligi oldidan asosiy tarkib sportchilarining holatini yana bir karra koʻzdan kechirishdi. Shaxsiy yoʻnalishdagi koʻplab dasturlarda esa Yosmina Rahimova oltin medallarni qoʻlga kiritdi. Barcha gʻolib va sovrindorlar:

Koʻpkurash, yakkalik:
1. Taxmina Ikromova (Samarqand)
2. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
3. Vilana Savadyan (Samarqand)

Guruh mashqi:
1. Oʻzbekiston terma jamoasi
2. Toshkent sh.
3. Buxoro

Guruh mashqlari boʻyicha alohida dasturlar, 5 halqa:
1. RIOZBOʻSM
2. Navoiy
3. Samarqand-2

3 tasma va 2 toʻp:
1. Samarqand-1
2. Toshkent sh
3. Namangan

Yakkalik dasturida alohida mashqlar, halqa:
1. Vilana Savadyan (Samarqand)
2. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
3. Madina Rustamova (Toshkent sh.)

Toʻp:
1. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
2. Vilana Savadyan (Samarqand)
3. Madina Rustamova (Toshkent sh.)

Bulava:
1. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
2. Nigina Azizova (Samarqand)
3. Fazoda Saydullayeva (Samarqand)

Tasma:
1. Yosmina Rahimova (Toshkent sh.)
2. Vilana Savadyan (Samarqand)
3. Asal Ahmedova

Jamoaviy koʻpkurash:
1. Samarqand
2. Toshkent sh
3. Navoiy

Text to speech