Alisher Yusupov Olimpiada reytingida peshqadam boʻlib oldi
Doxada yakuniga yetgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatidan keyin sportchilarning yangilangan Olimpiada reytingi eʼlon qilindi. Ahamiyatlisi, musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida reyting peshqadamiga aylanib oldi. Shuningdek, umumiy hisobda 15 nafar dzyudochimiz ayni paytda Olimpiadaga yoʻllanma beruvchi pogʻonalarni egallab turibdi. Batafsil:
-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 2310 ochko
6. Dilshodbek Baratov – 1644
-66 kg:
1. Xifumi Abe (Yaponiya) – 2500 ochko
17. Muhriddin Tilovov – 1034
22. Sardor Nurillayev – 879
-73 kg:
1. Nils Shtamp (Shveysariya) – 2470 ochko
6. Murodjon Yoʻldoshev – 1870
8. Obidxon Noʻmonov – 1714
11. Shahram Ahadov – 1460
-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 3575 ochko
26. Sharofiddin Boltaboyev – 664 (qitʼaviy kvota)
-90 kg:
1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 2800
3. Davlat Bobonov – 2174 ochko
-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2715 ochko
9. Muzaffarbek Toʻraboyev – 1289
+100 kg:
1. Alisher Yusupov – 2310 ochko
10. Shohruh Baxtiyorov – 1210
Ayollar:
-48 kg:
1. Natsumi Sunoda (Yaponiya) – 2500 ochko
26. Halimajon Qurbonova – 620
-52 kg:
1. Distriya Krasnichi (Kosovo) – 2855 ochko
3. Diyora Keldiyorova – 2784
13. Sita Qadamboyeva – 836
-70 kg:
1. Saki Nizoye (Yaponiya) – 3450 ochko
20. Gulnoza Matniyazova – 875
Eslatma:
– Bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qitʼaviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan koʻp sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga koʻra tanlanadi.