15 May 2023 2251

OOK vitse-prezidenti Otabek Umarovni tabriklaymiz!

Bugun Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Otabek Muhammadaliyevich Umarov 1984 yil 15 may kuni tug‘ilgan. Uzoq vaqtdan beri o‘zbek sporti rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassislardan sanaladi. Jumladan, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi, MMA assotsiatsiyasi asoschisi va birinchi rahbari sifatida yurtimizda ushbu sport turlari, xususan, ommaviy sport targ‘ibotini yangi bosqichga olib chiqdi.

Otabek Muhammadaliyevich 2020 yil O‘monning Maskat shahrida o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashining Bosh Assambleyasida tashkilotning vitse-prezidenti etib saylandi. Uning mazkur lavozimga saylanishi poytaxtimizning 2025 yil yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilishi bilan bog‘liq. Hozirda Otabek Umarov OOK vitse-prezidenti sifatida Yangi O‘zbekistonning salohiyatini butun dunyoga ko‘rsatishda, mamlakatimiz va Markaziy Osiyoda Olimpiya harakati targ‘ibotining yana-da kuchayishida jonbozlik ko‘rsatmoqda. Qayd etish joiz, 2022 yil Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi ilk bor Toshkentda o‘tkazilishida uning xizmati katta. 

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Otabek Umarovni tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech