7 May 2021 1814

Bokschilarimiz Yangiobodda xalqaro yig‘inda ishtirok etishmoqda

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ayni kunlarda Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” bazasida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Mazkur yig‘inga Eron, Jazoir, Ozarbayjon va Iordaniya terma jamoalari ham jalb qilingan.

Barcha terma jamoalar yig‘inga o‘zlarining asosiy tarkib sportchilari bilan tashrif buyurishgan. Shubhasiz, ushbu mashg‘ulotlar oy yakunida BAAda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Osiyo chempionati va asosiysi yilning eng muhim starti hisoblanmish Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Yig‘in 21 mayga qadar davom etadi.

Text to speech