14 May 2023 2333

Bokschilarimizning qudratiga butun dunyo yana bir bor tan berdi

Poytaxtimiz mezbonlik qilgan boks bo‘yicha jahon chempionati o‘z poyoniga yetib bormoqda. 100 dan ortiq mamlakatning 550 nafarga yaqin bokschilari ishtirokida kechgan ushbu dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi. Muzaffar bokschilarimiz musobaqa davomida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Shubhasiz, bu bilan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Qayd etish joiz, shu paytgacha bokschilarimiz hech bir jahon chempionatida 5 ta oltin va umumiy hisobda 9 ta medalni qo‘lga kiritishmagan edi. Musobaqa qahramonlarini eslab o‘tamiz:

Oltin medal:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov

-57 kg: Abdumalik Xalokov

-63.5 kg: Ruslan Abdullayev

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev

+92 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medal:

-54 kg: Oybek Jo‘rayev

-71 kg: Saidjamshid Jafarov

Bronza medal:

-75 kg: Aʼloxon Abdullayev

-92 kg: Lazizbek Mullojonov

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mazkur jahon chempionatida qayd etilgan tarixiy natija bilan O‘zbekiston boks federatsiyasi, terma jamoa murabbiylar shtabi va sportchilarimizni, millionlab muxlislarimizni samimiy qutlab, bokschilarimizdan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari va Parij-2024 Olimpiadasida ham mana shunday yorqin g‘alabalar kutib qoladi.

Text to speech