13 May 2023
1076
O’zbek sporti uchun unutilmas kun
Bokschilarimiz bilan bir qatorda dzyudochilarimiz ham jahon chempionatida tarixiy natija qayd etishmoqda. +100 kg vazn toifasida Alisher Yusupov yaponiyalik Kokoro Kageurani ippon bahosi bilan mag’lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo’ldi.
Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bellashuvlarini 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medal bilan yakunlashmoqda. Hali hech bir jahon chempionatida terma jamoamiz 4 ta medal qo’lga kiritmagan edi. Qayd etish joiz, ertaga hamyurtlarimiz aralash jamoaviy dasturda ham medallar uchun kurash olib borishadi.