FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 May 2023 1719

Rossiya sportchilar ittifoqi MOQning hamkorlaridan biriga aylandi

Bugun Rossiya Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Rodion Plituxin, “Rossiya sportchilar ittifoqi” tashkiloti prezidenti, erkin kurash boʻyicha Olimpiada chempioni David Musulbes va uning oʻrinbosari, qilichbozlik boʻyicha 2 karra Olimpiada chempioni Tatyana Logunova Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. Shundan soʻng Oʻzbekiston va Rossiya sportidagi doʻstona aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining maslahatchisi Avaz Karimov, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi yurtimiz sporti faxriylari ham ishtirok etishdi. Suhbat avvalida Oybek Omilovich bunday faxriy mehmonlarni kutib olish va oʻzaro doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirishdan mamnun ekanini bildirdi. MOQ Bosh kotibi mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan Olimpizm harakatini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar haqida ham maʼlumot berdi. Shuningdek, poytaxtimizda oʻtayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida rossiyalik sportchilarning qayd etayotgan natijalarini yuqori baholadi.

Oʻz navbatida, mehmonlar ham koʻp yillik hamkorlikni davom ettirish rivojlanish sari qoʻyiladigan yangi qadam boʻlishini taʼkidlashdi. Xususan, bir qator loyihalarni amalga oshirish, koʻplab sport turlarida terma jamoalar oʻrtasida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish, zamonaviy sportning ilm-fan yutuqlari boʻyicha tajriba almashish boʻyicha fikr yuritishdi.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi hamda “Rossiya sportchilar ittifoqi” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Undan kelgusida har ikki mamlakat sport faxriylari ishtirokida tadbirlar tashkil etish, sport yutuqlarida ularning boy tajribasidan foydalanish kabi masalalar oʻrin olgan.

Text to speech