Osiyo chempionatining soʻnggi dasturida toʻrt medal
Janubiy Koreyada ogʻir atletika boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi dasturida erkaklar oʻrtasida +109 kg vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Dast koʻtarish mashqida Rustam Jangabayev 196 kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Siltab koʻtarish dasturida esa Akbar Joʻrayev 242 kg bilan shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi. Ikki kurash yakunida har ikki atletimiz 437 kg natija qayd etishdi. Urinishlar boʻyicha ustunlik qoraqalpogʻistonlik sportchimizda boʻlgani uchun Rustam Jangabayev kumush, Akbar Joʻrayev esa bronza medaliga sazovor boʻldi.
Erkaklar, +109 kg:
1. Gor Minasyan (Bahrayn) – 464 (217+247) kg
2. Rustam Jangabayev (Oʻzbekiston) – 437 (196+241)
3. Akbar Joʻrayev (Oʻzbekiston) – 437 (195+242)
Shu tariqa, ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu natija bilan mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi, sportchi va murabbiylarni samimiy tabriklaydi.